Dart build in types
Dart — bu har xil typedagi ma’lumotlarni ko’rsatish uchun turli xil data typelarni taklif qiluvchi statik tarzda yozilgan dasturlash tili. Dart da eng ko’p ishlatiladigan data typelar:
1.Numbers:
int: Butun qiymatlarni ifodalashda ishlatilinadi va o’z ichiga musbat va manfiy sonlarni oladi.
double: Qoldiqli sonlarni ifodalash uchun ishlatilinadi.
int myInt = 42;
double myDouble = 3.14;
2.Strings:
String: Belgilar ketma ketligini ifodalaydi va “” quote ichida yoziladi.
String myString = "Salom, Dart!";
3.Booleans:
bool: Boolean qiymatlarni ifodalashda ishlatilinadi true va false qiymatini o’z ichiga oladi.
bool isDartFun = true;
4.Lists:
List: Ob’ektlarning tartiblangan to’plamini ifodalaydi. Ro’yxatlar bir hil yoki ba’zan xar xil bo’lishi mumkin.
List<int> numbers = [1, 2, 3, 4, 5];
List<String> names = ["Alice", "Bob", "Charlie"];
5.Maps:
Map: Key value juftlarining tartibsiz to’plamini ifodalaydi.
Map<String, int> scores = {"Teshavoy": 95, "Bobur": 89, "Tursunxon": 78};
6.Sets:
Set: unique (takrorlanmas) elementlarning tartibsiz to’plamini ifodalaydi.
Set<int> uniqueNumbers = {1, 2, 3, 4, 5};
7.Runes:
Runes:Unicode belgilar ketma-ketligini ifodalaydi. Unicode belgilar bilan ishlashda ishlatilinadi.Runes dartda stringdagi Unicode characterlar bilan individual ishlashda ishlatilinadi, ayniqsa non ASCII bo’lgan yoki maxsus belgilar bilan ishlashda. Quyida ba’zi misollarni ko’rishingiz mumkin:
String runeString = "Hello World";
print(runesString.codeUnits);
result [72,101,108,108,111,32,87,111,114,108,100]
print(runeString.codeUnitAt(0)
result 72
var heart = '\u2665';
print(runes);
result ❤
8.Symbols:
Symbol: Operator yoki identifikatorni ifodalaydi. Belgilar ko’pincha aks ettirish va metadasturlashda qo’llaniladi.
Symbol symbol = #mySymbol;
9.Null:
Null: Qiymat nulligini ifodalaydi. Dartda barcha non-nullable bo’lmagan o’zgaruvchilar null qiymatiga ega bo’lishi mumkin emas. Biroq, ? yordamida o’zgaruvchini nullable ekanligini bildirib ketish mumkin.
int? nullableInt = null;
10.Dynamic:
dynamic:Runtimeda o’zgarishi mumkin bo’lgan turni ifodalaydi. U foydalanishga qulay bo’lsada, odatda performanceni yaxshilash uchun iloji boricha statik turlardan foydalanish yaxshidir.
dynamic dynamicVar = 42;
dynamicVar = "Hello, Dart!";